Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misr hukumati O‘zbekistonga gepatitga qarshi $35 minglik dori vositasi yubordi

Misr hukumati O‘zbekistonga gepatitga qarshi $35 minglik dori vositasi yubordi

Misr hukumati tomonidan O‘zbekiston shifoxonalarida foydalanish uchun insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan, dunyoda keng tarqalgan kasalliklardan biri – C gepatitiga qarshi «Daklatasvir» dori vositasining dastlabki partiyasi jo‘natildi.

29-aprel kuni yetib kelgan mazkur yuk O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi tomonidan ishlab chiqilgan ikki davlat o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikni yanada jadallashtirish, virusologiyada o‘zaro qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish doirasida avval erishilgan kelishuvlarning amaliy natijasi hisoblanadi.

Umumiy qiymati 35 ming AQSh dollarini tashkil etgan 17 ming qutidan ortiq «Daklatasvir» dori vositasi O‘zbekiston SSV huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlar uchun ishlatiladi.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston va Misr sog‘liqni saqlash idoralari 2023-2024 yillar davomida umumiy qiymati 4,8 million dollarlik jami 800 ming dona (40 tonnaga yaqin) S gepatitiga qarshi «Daklatasvir» va «Sofosbuvir» dori vositalarini yurtimizga bepul yetkazib berish bo‘yicha  kelishuvga  erishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring