Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Misrdan jami 4,2 mln dollarlik «S» gepatitiga qarshi dorilar keltiriladi

Misrdan jami 4,2 mln dollarlik «S» gepatitiga qarshi dorilar keltiriladi

O‘zbekiston Prezidentining «S» gepatitiga chalingan bemorlarni 100 foiz davolash bo‘yicha tashabbusi ijrosi doirasida dori vositalarining Misrdan kelishi 2024-yilda ham davom etadi.

«Dunyo» AAning ma’lum qilishicha, Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo‘lgan jami 800 ming dona «S» gepatitiga qarshi «Daklatasvir» va «Sofosbuvir», «B» gepatitiga qarshi «Entekavir» dori vositalarining beg‘araz yordam sifatida berilishi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Hozirga qadar umumiy qiymati 696 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan mazkur dori vositalari O‘zbekistonga bosqichma-bosqich yuborildi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni Misr hukumati tomonidan insonparvarlik yordami sifatida ajratilgan C gepatitiga qarshi «Sofosbuvir-400mg» dori vositasi yetkazib berildi. Umumiy 12 dona qutilarda 6 720 dona dori vositalari O‘zbekiston SSV huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring