Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskvada o‘zbekistonlik erkak pivo qozoniga tushib ketib halok bo‘ldi

Moskvada o‘zbekistonlik erkak pivo qozoniga tushib ketib halok bo‘ldi

Joriy yilning 3 iyun kuni Rossiyaning Moskva viloyatidagi xususiy pivo zavodida 47 yoshli O‘zbekiston fuqarosi pivo tayyorlaydigan idishga tushib ketib, vafot etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fojia shu yilning 3 iyun kuni soat 14:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Xususiy pivo zavodi egasi o‘zbekistonlik 47 yoshli Ulug‘bek ismli erkakdan hududni obodonlashtirishni so‘ragan. Shundan so‘ng zavod egasi xonadan chiqib ketgan va qaytib kelganida dastlab hech nimani sezmagan.

Uy egasi Ulug‘bekning g‘oyib bo‘lishiga unchalik ahamiyat bermay, o‘z ishlari bilan shug‘ullangan. Biroq oradan biroz vaqt o‘tgach, xodimlardan biri unga pivo achitiladigan va saqlanadigan 2000 litrlik ulkan qozonlardan birining og‘zi ochiq ekanligini ma’lum qilgan. Pivo ishlab chiqaruvchilar qozonga qarashganda, idishning tubida bedarak yo‘qolgan ishchining jonsiz jasadi yotganini ko‘rishgan.

Qayd etilishicha, erkak karbonat angidriddan zaharlanish oqibatida bo‘g‘ilib vafot etgan. Marhum pivo ichish maqsadida pivo tayyorlaydigan qozonning yuqoridagi qopqog‘ini ochgan. Natijada qozon ichidagi to‘planib turgan xamirturush tutuni uni bo‘g‘ib qo‘ygan. Shundan so‘ng marhum xushidan ketib, qozon ichiga yiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring