Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Muddatidan ilgari vakolati tugatilgan sudyalarga pensiya to‘lanmaydigan bo‘ldi

Muddatidan ilgari vakolati tugatilgan sudyalarga pensiya to‘lanmaydigan bo‘ldi

Hukumatning joriy yil 28-noyabrdagi 630-sonli qarori bilan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi nizomga tegishlicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, sudyalar yoshga doir pensiyani — sudya sifatida kamida 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan erkaklar — 60 yoshga to‘lganda hamda ayollar — 55 yoshga to‘lganda olishlari mumkin. Bunda sudyaning amaldagi vakolat muddati tugamasdan navbatdagi muddatga saylangan yoki tayinlangan hollarda, istisno tariqasida, olti oygacha bo‘lgan muddat sudya lavozimidagi ish stajiga qo‘shiladi.

Shuningdek, «Sudlar to‘g‘risida»gi qonunning 79-moddasi birinchi qismining 1,3,5 va 10 bandlarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha sudyaning vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, uning pensiya olish huquqiga ega bo‘lmasligi belgilab qo‘yildi.

Qolaversa, pensioner vafot etgan oy uchun oxirigacha olinmay qolgan pensiya summasi ushbu oy uchun to‘liq to‘lanishi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring