Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mudofaa vazirligining «Yosh vatanparvar» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Mudofaa vazirligining «Yosh vatanparvar» ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Hukumat qarori loyihasi bilan Mudofaa vazirligining «Yosh vatanparvar» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanyapti.

Belgilanishicha, ko‘krak nishoni idoraviy mukofot hisoblanib, har yili 30-iyun – «Yoshlar kuni»da g‘oliblarga tantanali ravishda topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan Mudofaa vazirligi tomonidan tashkil etiladigan musobaqa g‘olibi bo‘lgan davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 11-sinfida ta’lim olayotgan o‘quvchi o‘g‘il bolalar mudofaa vazirining buyrug‘i asosida mukofotlanadi.

Qayd etilishicha, ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga ikki yil mobaynida amal qiladigan quyidagi imtiyozlar beriladi:

harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli deb topilgan hamda chaqiruv muddatlarini kechiktirish va chaqiruvdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan taqdirda, birinchi navbatda muddatli harbiy xizmatga chaqirish;

oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlarida qo‘shimcha ravishda 3 ball ko‘rinishida.

Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy veb-saytida va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring