Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda hamkasblari nomiga kredit olib to‘lamay yurgan «zamdirektor» ishdan olindi

Namanganda hamkasblari nomiga kredit olib to‘lamay yurgan «zamdirektor» ishdan olindi

Bir muddat oldin ijtimoiy tarmoqlarda Namangan tumanidagi 27-sonli maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z. A.ning faoliyati o‘rganib chiqilishi kerakligi, sababi maktabda ish faoliyati davomida qo‘l ostida ishlayotgan o‘qituvchi va xodimlarning nomidan kredit olib, o‘z vaqtida kreditni bartaraf etmasdan kelayotgani aytilgan xabar tarqalgan.

Nomiga kredit olingan pedagog hamda xodimlar esa kredit to‘lovini o‘z hisobidan to‘lab kelishgan.

Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bergan ma’lumotga ko‘ra, ishchi guruh tomonidan olib borilgan o‘rganishda yuqoridagi holat o‘z tasdig‘ini topgan.

«Vazifasiga nisbatan sovuqqonlik bilan yondashgan muassasa direktorining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilindi», – deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring