Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nashid jo‘natgani uchun qamalgan «Narxoz» talabasining appelyasion sudi yakunlandi

Nashid jo‘natgani uchun qamalgan «Narxoz» talabasining appelyasion sudi yakunlandi

Joriy yil 8-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani sudining tegishli hukmi bilan Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti talabasi 21 yoshli Jahongir Ulug‘murodov 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Jahongir Ulug‘murodov mazkur jinoyat ishi doirasida 10-15 nafar sinfdoshi bo‘lgan Telegram messenjeridagi guruhga arab tilidagi taqiqlangan nashid – «terroristik ruhdagi qo‘shiq»ni ulashishda ayblangan.

Bugun, 17-iyul kuni Toshkent viloyat sudida mazkur jinoiy ishni appelyasiya tartibida ko‘rib chiqish yakunlandi.

Oliy sud axborot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, mazkur ish Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyasiya instansiyasining 2023-yil 17-iyuldagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudining Jahongir Ulug‘murodovga nisbatan chiqarilgan hukmi o‘zgarishsiz, shikoyatlar esa qanoatlantirilmasdan qoldirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring