Navoiyda davlat manfaatiga qariyb 10 mlrd so‘m zarar keltirgan mayning ferma fosh qilindi (video)
![Navoiyda davlat manfaatiga qariyb 10 mlrd so‘m zarar keltirgan mayning ferma fosh qilindi (video)](http://static.xabar.uz/crop/1/5/720_460_95_157005774.jpg)
DXXning hududiy boshqarmalari tomonidan prokuratura va IIB hodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda davlat budjetiga katta miqdorda zarar keltirgan mayning ferma faoliyatiga chek qo‘yildi.
Tezkor tadbirda aniqlanishicha, mahalliy xususiy korxona rahbari 6 nafar fuqaro bilan o‘zaro kelishgan holda, korxona hududiga xorijda ishlab chiqarilgan 195 dona mayning qurilmalarini o‘rnatib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan. Natijada davlat manfaatlariga 9 mlrd 661 mln 402 ming so‘mlik zarar keltirganliklari aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 185-2-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter