Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek Yakubboyev hindistonlik raqibi bilan bo‘lgan vaziyatga tushuntirish berdi

Nodirbek Yakubboyev hindistonlik raqibi bilan bo‘lgan vaziyatga tushuntirish berdi

Niderlandiyaning Veyk-an-Zeye shahrida bo‘lib o‘tayotgan shaxmat bo‘yicha an’anaviy «Tata Steel Chess-2025» musobaqasi doirasida hindistonlik raqibi Vaishali bilan uchrashuv o‘tkazgan o‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Yakubboyev noqulay vaziyatga tushib qoldi.

U uchrashuv boshlanishida raqibining qo‘lini siqib qo‘yishni istamagan. Va bu OAVlarda turlicha talqini qilina boshladi.

«Ayollar va hindistonlik shaxmatchilarni hurmat qilib, barchaga shuni ma’lum qilmoqchimanki, men diniy sabablarga ko‘ra boshqa ayollar bilan qo‘l berib ko‘rishmayman.

Men Vaishali va uning ukasi (Rameshbabu Pragnanandxa)ni Hindistonning eng kuchli shaxmatchilari sifatida hurmat qilaman. Agar men uni xatti-harakatim bilan xafa qilgan bo‘lsam, kechirim so‘rayman», – deb yozadi Nodirbek «X» ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

U, shuningdek, ruminiyalik shaxmatchi Irina Bulmamga bilan uchrashuvda uni bu haqda ogohlantirganini va u bunga rozi bo‘lganini aytgan.

«Vaishali bilan bo‘lgan o‘yinlarda o‘yin oldidan ularga bu haqda gapira olmadim va noqulay vaziyat yuzaga keldi», – deydi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring