Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Noqonuniy mayning va kripto-aktivlar aylanmasi uchun javobgarlik belgilanyapti

Noqonuniy mayning va kripto-aktivlar aylanmasi uchun javobgarlik belgilanyapti

Bugun, 19-sentyabr kuni Oliy majliq Qonunchilik palatasi deputatlari «O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.

Taklif etilayotgan qonun loyihasi bilan mobil qurilmaning xalqaro o‘ziga xos identifikatsiya kodini yoki abonent qurilmasining identifikatsiyalash modulini qonunga xilof ravishda o‘zgartirganlik yoki uning nusxasini ko‘chirganlik uchun, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlik va mayning faoliyatini qonunga xilof ravishda amalga oshirganlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi normalar belgilanmoqda.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur qonun loyihasi Qonunchilik palatasining shu yil 5-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, konseptual jihatdan qabul qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring