Noqulay ob-havo Namangan aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi
Namangan aeroportida ko‘rishning 250 metr bo‘lgan masofagacha yomonlashgani Rossiyaning «Red Wings» aviakompaniyasi reysini Farg‘onadagi muqobil aerodromga yo‘naltirishga sabab bo‘ldi.
Maxachqal’a-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan PA1123 reysi kutish hududida bo‘lganidan so‘ng bortidagi 76 nafar yo‘lovchisi bilan Toshkent vaqti bilan soat 10:21 da Farg‘ona aeroportiga qo‘ndi.
Yaqin soatlarda yo‘lovchilar Namangan aeroportiga yer usti transporti orqali yetkazilishi ma’lum qilinmoqda.
Xabarda aytilishicha, «Red Wings» aviakompaniyasining Namangan-Maxachqal’a yo‘nalishi bo‘yicha PA1124 reysi ham Farg‘ona aeroportidan amalga oshiriladi. Shuningdek, yo‘lovchilar Namangan shahridan belgilangan aeroportga yer usti transportida yetkaziladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter