Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Norasmiy sektorning qurilishdagi ulushi 4 oyda qariyb 27 foizga yetgan

Norasmiy sektorning qurilishdagi ulushi 4 oyda qariyb 27 foizga yetgan

O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-aprel oylarida 19,9 trln so‘mlik qurilish ishlari norasmiy sektor tomonidan bajarilgan. Ya’ni, ularning jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 26,8 foizni tashkil etgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 4,8 foizga ko‘paygan.

Norasmiy sektor tomonidan bajarilgan qurilish ishlarining jami qurilish ishlaridagi ulushi yillar kesimida (yanvar-aprel):

  • 2022-yilda – 15 foiz;
  • 2023-yilda – 15,2 foiz;
  • 2024-yilda – 27,9 foiz;
  • 2025-yilda – 26,8 foiz.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring