Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukus voqealarida noqonuniy harakat qilgan IIV xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi

Nukus voqealarida noqonuniy harakat qilgan IIV xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi

2022-yil 1-2-iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda ishtirok etib, noqonuniy xatti-harakatlarni sodir etgan IIV tizimida ishlagan xodimlar jinoiy javobgarlikka tortildi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Kogon shahar sudining 2023-yil 4-avgustdagi hukmi bilan 1996-yilda tug‘ilgan T. A. va 1985-yilda tug‘ilgan X. S. Jinoyat kodeksining 235-moddasi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, ularning har biriga 2 yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Shuningdek, 1979-yilda tug‘ilgan J. M. Jinoyat kodeksining 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismi va 238-moddasi (yolg‘on guvohlik berish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga ichki ishlar organlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Manba: t.me

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring