Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nukusda ikki kishi noma’lum moddadan zaharlandi. Ulardan biri vafot etgan

Nukusda ikki kishi noma’lum moddadan zaharlandi. Ulardan biri vafot etgan

2023-yil 29-dekabr kuni Nukus shahri 23-kichik tumanida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida 2 nafar fuqaro «noma’lum etiologiyali modda» tasirida zaharlanib, Respublika tez tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filialiga yotkizilgan.

Natijada 1 nafar fuqaro ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etgan.

Nukus shahar hokimi ushbu baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish, shunga o‘xshash baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida tekshirish komissiyasi tuzish haqida qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, komissiya baxtsiz hodisa va uni kelib chiqish sabablarini aniqlash uchun, o‘z ichki imkoniyatlari doirasida, zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni (ekspertlarni jalb qilish, baxtsiz hodsa joyining prinsipial chizmasini tayyorlash, komissiya a’zolari uchun transport va aloqa vositalari, kompyuter texnikasi va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash) amalga oshirilishini ta’minlaydi.

Hududgaz «Qoraqalpog‘iston gaz ta’minot» filiali Nukus shahar bo‘limi mutasaddisi esa turar joylar, shu jumladan, ko‘p kvartirali uylarda maishiy ehtiyoj uchun tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazi, qattiq yoqilgi yoki neft mahsulotlaridan foydalanishda belgilangan xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi holatlarini o‘z vakolatlari doirasida tizimli o‘rganadi hamda aniqlangan muammo va nosozliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring