Ohangaronda chiqindi gazidan elektr olinadi
Ohangarondagi chiqindi poligonida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Bu haqda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 14-fevraldagi 92-son qarorida gap boradi.
Qayd etilishicha, umumiy qiymati 55 mln dollar bo‘lgan mazkur loyiha 2023-2026 yillarda amalga oshiriladi va bu orqali 16 MVt kuchlanishdagi elektr energiyasi ishlab chiqarish reja qilinmoqda.
Shuningdek, 2021-2024 yillarda Respublika bo‘yicha qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarishni tashkil etish (Toshkent shahridan tashqari) loyihasi doirasida Osiyo taraqqiyot bankining 60 mln dollar krediti evaziga 300 ta texnika va 26 ta maxsus texnika xarid qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter