Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda olima ayollar soni oshmoqda

O‘zbekistonda olima ayollar soni oshmoqda

 

Bahorning ilk kunlarida Toshkent shahrida O‘zbekiston Milliy tadqiqot universiteti tomonidan «Ayollarning fandagi o‘rni mavzusida muloqot» xalqaro anjumani bo‘lib o‘tmoqda. YuNESKOning Almati shahridagi vakolatxonasi, Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ilm-fan sohasida ayollar tashkiloti (OWSD), O‘zbekiston Respublikasining YuNESKO ishlari bo‘yicha Milliy komissiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) O‘zbekiston Respublikasidagi Vakolatxonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilayotgan ushbu anjumanning asosiy maqsadi ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalarda gender tengligiga qanday erishish mumkinligi bo‘yicha tajriba almashish.

Ma’lumot uchun: bugungi kunda respublikamizda fan doktorlarining soni 700 dan ortiq, fan sohasida izlanish olib borayotgan ayollar soni 5 mingdan ziyod, oliy ta’lim yurtlarida dars berayotgan xotin-qizlar soni 14 mingdan oshadi.   

Anjuman doirasida 2019 yildan boshlab Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Vakolatxonasining tashabbusi bilan «O‘zbekiston tog‘ va vodiy o‘rmonlarini barqaror boshqarish» FAO/GEF loyihasi bo‘yicha gender tengligi strategiyasi ishlab chiqilib, bugungi kunda samarali amalga oshirilayotganiga urg‘u berib o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring