Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi mojaro yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

O‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi mojaro yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi mojaro aks etgan videotasvirdagi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, mazkur holat Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 103-sonli maktabning 6 «A» -sinfi bilan sodir bo‘lgan.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabning 6 «A» sinf o‘quvchilari matematika darsida o‘qituvchi Yu.Portnovaning gaplariga quloq solmagan va tartib buzishgan. O‘z navbatida o‘qituvchi ham jahlini jilovlay olmasdan bolani majburlab sinfdan chiqarib yuborgan. O‘quvchi esa sinfdan chiqmaslik uchun o‘qituvchiga qarshilik ko‘rsatgan.

Chilonzor tumani hokimligi bergan ma’lumotga ko‘ra, maktabda yuz bergan bu voqea yuzasidan bugun, 26 fevral kuni ota-onalar majlisi chaqirilgan va ularning xohishiga ko‘ra matematika o‘qituvchisi Yu.Portnova mazkur sinf o‘quvchilariga dars o‘tishdan chetlashtirilgan.

«Tartib buzgan bolalar va ularning ota-onasiga chora ko‘rish masalasi tuman hokimligi Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya yig‘ilishida  ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi», – deyiladi hokimlik xabarida. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring