Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Orol fojiasini bartaraf etish masalasi Konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanyapti

Orol fojiasini bartaraf etish masalasi Konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanyapti

Atrof-muhit o‘zgarayotganini barchamiz sezayapmiz. Chang bo‘ronlari, ob-havoning haddan tashqari isishi, suv tanqisligi bugunimiz haqiqatiga aylanib bo‘ldi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, inson salomatligining 20-40 foizi atrof-muhit holatiga bog‘liq.

Orolbo‘yi mintaqasida bo‘layotgan ekologik holati hech kimga sir emas – ushbu global ekologik muammo 50 mln. nafarga yaqin mintaqa aholisining hayot tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Bejizga O‘zbekiston Prezidenti BMT minbarida so‘zlagan nutqida Orol muammosiga alohida e’tibor qaratmagan edi. O‘zbekiston tashabbusi bilan Orol bo‘yicha xalqaro fond tashkil etilgan hamda BMT rezolyusiyalari ham qabul qilingan.

49-modda.

Davlat Orolbo‘yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko‘radi.

Shu bois, O‘zbekistonda Orol muammosi oqibatlarini bartaraf qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, Orol dengizi tubining 2,5 mln. gektarida yangi «yashil makon» yaratilmoqda. Shuningdek, Orol va Orolbo‘yidagi murakkab ekologik vaziyat, aholi genofondini muhofaza qilish, salomatligini yaxshilash hamda ushbu hududda barqaror rivojlanishni ta’minlashga qaratilgan keng ko‘lamli loyihalar amalga oshirilmoqda.

Bu harakatlar Orolbo‘yi mintaqasi masalasining o‘ta jiddiyligini ko‘rsatadi va shu bois uni Konstitutsiyada alohida belgilab berilishi zamon talabiga aylandi.

Orolbo‘yi masalasining Konstitutsiya darajasiga olib chiqilgani, bu orqali qoraqalpoq xalqini ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, mintaqaning rivojlanishi uchun barcha sharoitlar yaratilishi konstitutsiyaviy kafolatlanishi Orolbo‘yi mintaqasi aholisi uchun munosib yashash sharoitlari yaratilishini va turmush darajasini jiddiy tarzda yaxshilanishini ta’minlaydi, barcha kasb egalari, birinchi navbatda ijtimoiy soha vakillari uchun qo‘shimcha imtiyozlar paketi qo‘llanilishi hamda tadbirkorlik tuzilmalari va nodavlat notijorat tashkilotlarining atrof-muhitni himoya qilishga yo‘naltirilgan turli loyihalarda faol qatnashish imkoniyatini beradi.

Mazkur norma aholimiz va kelajak avlod uchun qulay va ekologik toza hududni saqlab qolish, Orolbo‘yi mintaqasida yashovchi aholining ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ishsizlikni kamaytirish, aholi yashashi va rivojlanishi uchun qulay atrof-muhitni ta’minlashning konstitutsiyaviy kafolatlarini yaratadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring