Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘rtacha oylikning eng yuqori ko‘rsatkichlari qaysi hududlarga to‘g‘ri kelishi aytildi

O‘rtacha oylikning eng yuqori ko‘rsatkichlari qaysi hududlarga to‘g‘ri kelishi aytildi

Statistika agentligi 2024-yilning yanvar-mart oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori ko‘rsatkichlari qaysi hududlarga to‘g‘ri kelgani haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra,  o‘rtacha oylikning eng yuqori ko‘rsatkichlari Toshkent shahrida (8 116,8 ming so‘m), Navoiy viloyatida (6 500,3 ming so‘m), Toshkent viloyatida (4 764,4 ming so‘m), Andijon viloyatida (4 390,9 ming so‘m) hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida (4 065,4 ming so‘m) kuzatildi.

2024-yilning yanvar-mart oylarida hududlar bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori o‘sish sur’atlari esa Andijon viloyatida (125,2 foiz), Toshkent shahrida (122,3 foiz), Farg‘ona viloyatida (121,5 foiz), Navoiy viloyatida (118,8 foiz) hamda Jizzax viloyatida (118,2 foiz) kuzatildi.

Hisobot davrida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi – bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasiga to‘g‘ri kelib, 13 228,7 ming so‘mni tashkil etdi. Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 11 732,2 ming so‘mni, tashish va saqlash sohasi 7 360,8 ming so‘mni va sanoat sohasi 6 104,4 ming so‘mni tashkil etib, o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qildi. Ta’lim (3 434,9 ming so‘m) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3 241,2 ming so‘m) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda ekanligini ko‘rish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring