Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjondagi Prezidentlik saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi

Ozarbayjondagi Prezidentlik saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi

7-fevral, chorshanba kuni Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi raisi Mazohir Panaxov mamlakatda o‘tkazilgan navbatdan tashqari Prezident saylovining dastlabki natijalarini e’lon qildi.

Azertag nashrining yozishicha, Prezidentlik saylovida haqiqiy deb topilgan ovozlar soni 4 mln 651 ming 473 nafar (93,35 foiz)ni tashkil etgan. Ushbu ovozlar nomzodlar o‘rtasida quyida ko‘rsatilgan tarzda taqsimlangan:

  • Aliyev Ilhom Haydar o‘g‘li – 4 mln 281 ming 625 ovoz (92,05);
  • Aliyev Fuad Agasi o‘g‘li — 24 ming 799 ovoz (0,53 foiz);
  • Hasanguliyev G‘udrat Muzaffar o‘g‘li – 81 ming 799 ovoz (1,76 foiz);
  • Musayev Elshad Nabi o‘g‘li – 31 ming 33 ovoz (0,67 foiz);
  • Mustafo Fozil G‘azanfar o‘g‘li — 92 ming 980 ovoz (2 foiz);
  • Nurullayev Rozi G‘ulamali o‘g‘li – 37 ming 386 ovoz (0,80 foiz);
  • O‘ruj Zohid Maharram o‘g‘li – 101 ming 851 ovoz (2,19 foiz).

Mazohir Panaxovning ta’kidlashicha, hali ovoz berish qog‘ozlari yetib kelmagan oz sonli uchastkalar ham bor va ulardagi ovozlar ham sanab taqsimlanadi.

9-fevral kuni esa saylov natijalari bo‘yicha so‘nggi ma’lumot e’lon qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring