Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston 10 oyda qariyb 1,5 mln tonna meva va sabzavot eksport qildi

O‘zbekiston 10 oyda qariyb 1,5 mln tonna meva va sabzavot eksport qildi

2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston xorijga qiymati 951,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 1,5 mln tonna meva va sabzavotlar eksport qilgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, eksport tarkibida:

  • Uzum – 113 ming tonna (74,7 mln dollar);
  • Shaftoli – 87,2 ming tonna (67,2 mln dollar);
  • Mayiz – 46,6 ming tonna (54,1 mln dollar);
  • Quritilgan olxo‘ri – 31,5 ming tonna (38,2 mln dollar);
  • Gilos – 45 ming tonna (52,9 mln dollar);
  • O‘rik – 63 ming tonna (40,7 mln dollar);
  • Karam – 81,4 ming tonna (22,6 mln dollar);
  • Pomidor – 49,9 ming tonna (37,6 mln dollar);
  • Mosh – 89,6 ming tonna (71 mln dollar);
  • Qovun-tarvuz – 145,9 ming tonna (39,6 mln dollar);
  • Piyoz – 260,2 ming tonna (53,5 mln dollar);
  • Tariq – 12,9 ming tonna (32,4 mln dollar).

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkichlar 2022-yilning mos davriga nisbatan 2,4 foizga yoki 35 ming tonnaga ko‘paygan.

Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (39,9 foiz), Pokiston (16,3 foiz), Qozog‘iston (11,3 foiz) hamda Xitoy (9,7 foiz) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring