Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatishni bundan buyon ham davom ettiradi – Mirziyoyev

O‘zbekiston afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatishni bundan buyon ham davom ettiradi – Mirziyoyev

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining Shusha shahridagi sammitida, bugungi kundagi Afg‘oniston muammosi haqida to‘xtalib, uni «muhim masala» ekanini ta’kidladi.

«Ming afsuski, jahonning boshqa mintaqalarida urush va mojarolar kuchayib borayotgani oqibatida yon qo‘shnimiz bo‘lgan va ko‘p millionli turkiy xalqlar istiqomat qilayotgan Afg‘onistondagi vaziyat xalqaro hamjamiyat e’tiboridan chetda qolib ketmoqda», – deydi O‘zbekiston yetakchisi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, O‘zbekistonning afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatishni bundan buyon ham davom ettirishini bildirdi.

Shuningdek, Afg‘onistonning xorijdagi «muzlatilgan» moliyaviy aktivlarini qaytarish mamlakatdagi ijtimoiy vaziyatni yumshatishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

«Yangi voqelik sharoitida Afg‘oniston masalasi bo‘yicha Tashkilotimiz a’zolarining umumiy va yakdil yondashuvlarini ishlab chiqish masalalari tashqi ishlar vazirlarimiz muloqotlarida asosiy muhokama mavzusi bo‘lishi lozim», – deydi Prezident.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring