Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston 121 mamlakatni o‘z ichiga olgan «Safety Perception Index 2023» – dunyoning eng xavfsiz mamlakatlar reytingida 1-o‘rinni egalladi.

Eng xavfsiz mamlakatlar yuqori beshtaligidan shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Norvegiya va Estoniya joy olgan.

Markaziy Osiyo davlatlaridan esa Qozog‘iston – 14, Tojikiston – 17 va Qirg‘iziston – 26-o‘rinda qayd etilgan.

Reytingning eng quyi qismini Gvineya, Serra-Leone va Mali davlatlari egallagan.

Qayd etilishicha, «Safety Perception Index 2023» beshta faktorga e’tibor qaratadi: oziq-ovqat va suv, zo‘ravonlik jinoyatlari, noqulay ob-havo sharoiti, aqliy sog‘lomlik hamda mehnat muassasalaridagi xavfsizlik. Ushbu omillar mamlakatlarning xavfsizlik reytingi uchun asos bo‘ladigan obrazni ishlab chiqishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Mazkur reytingdagi o‘rin esa chet ellik sayyohlarning mamlakatimizga bemalol kelib-ketishlari uchun zamin yaratadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring