«O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Andijondan ikkita parvozi bekor qilindi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» rasmiy saytida xabar berilishicha, bugun, 16-dekabr kuni HY-049/HY-050 Andijon – Samarqand – Andijon hamda HY-092 Andijon – Toshkent qatnovlari majburiy bekor qilindi. Ta’kidlanishicha, Boeing 757 samolyotining parvozi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilingan.
«Yo‘lovchilar bekor bo‘lgan qatnov aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.
Keltirilgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so‘raymiz», deyiladi kompaniya xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter