Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston iqtisodi 1-yarim yillikda real hisobda 6,4 foizga o‘sgan

O‘zbekiston iqtisodi 1-yarim yillikda real hisobda 6,4 foizga o‘sgan

Kecha, 25-iyul kuni Markaziy bank Raisi M.Nurmuratov Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida belgilash to‘g‘risidagi qarori natijalariga doir matbuot anjumani tashkil qilgan edi.

Unda Nurmuratov mamlakat iqtisodiyotiga doir ayrim ma’lumotlar bilan ham bo‘lishdi.

Qayd etilishicha, iqtisodiyotda shakllangan nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlari hamda fiskal taqchillikning qisqarib borishi hisobiga hozirgi kunda shakllangan 0,5-0,6 foizlik YaIM ijobiy tafovutini yil yakuniga qadar yopilishi va inflyasiyaga oshiruvchi ta’sirini qisqarishi kutilmoqda.

Joriy yilning I yarim yillik yakuni bo‘yicha esa iqtisodiyot real hisobda 6,4 foizga o‘sdi.

Jumladan, ishlab chiqarish sanoati (9,4 foiz), qurilish ishlari (10,1 foiz) va xizmatlar (12,9 foiz) sohalaridagi yuqori o‘sish sur’atlari iqtisodiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlovchi drayverlardan bo‘ldi.

Yuqori investitsion faollik, xususan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy va xususiy kapital qo‘yilmalari yalpi investitsion talabning oshishiga xizmat qilmoqda.

Tadbirkorlarning iqtisodiy faolligi va ishbilarmonlik kayfiyati bo‘yicha indekslarda so‘nggi ikki oyda nisbatan pasayish kuzatilgan bo‘lsada, ijobiy natijalar saqlanib qolmoqda.

Mehnat bozori dinamikasini o‘rganish uchun muqobil ko‘rsatkich sifatida bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha e’lonlarni kuzatib boramiz. Apreldagi yuqori ko‘rsatkichlardan so‘ng may-iyun oylarida e’lonlarning kamayishi kuzatildi.

Buni, bir tomondan, mavsumiy xarakterligi bilan, ya’ni yoz oylarida ayrim sohalarda ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojning qisqarishi va boshqa tomondan, mehnat bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabning ma’lum darajada muvozanatlashishi bilan izohlash mumkin.

Internet sahifalari orqali ish izlayotganlar sonida yil boshidan pasayuvchi dinamika davom etdi. Mazkur ko‘rsatkichda o‘tgan yillarning mos davriga nisbatan pasayish kuzatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring