Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati tuziladi

O‘zbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati tuziladi

Joriy yil 10-avgust kuni Vazirlar Mahkamasining «Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati nodavlat notijorat tashkiloti tashkil qilinadi.

Respublika iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida ixtirochilik faoliyatini rivojlantirish Jamiyatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

2022 yildan har yili hududlar, tarmoqlar va sohalar kesimida ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkaziladi.

Ko‘rik-tanlov g‘oliblariga quyidagi miqdorda pul mukofotlari beriladi:

1-o‘ringa – BHMning 300 baravari (90 mln so‘m);

2-o‘ringa – BHMning 250 baravari (75 mln so‘m);

3-o‘ringa – BHMning 200 baravari (60 mln so‘m).

Mazkur mablag‘lar Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan qoplanadi.

Ko‘rik-tanlovlarda g‘oliblarning ixtirolarini kelgusida startap loyihalar doirasida moliyalashtirishgga ustuvorlik beriladi.

G‘oliblar magistratura mutaxassisligiga Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi granti hisobidan imtihonsiz qabul qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring