Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston maktablarining uchdan ikki qismi ko‘mirda isitiladi

O‘zbekiston maktablarining uchdan ikki qismi ko‘mirda isitiladi

O‘zbekistonja mavjud 10 118 ta maktabning 6 807 tasi yoki 67,3 foizi ko‘mir yoqilg‘isida isitiladi.

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi Dilfuza Sobirova ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlarida keltirib o‘tmoqda.

Shuningdek, jami maktablarning 3 284 tasi (32,5 foizi) tabiiy gazda, 23 tasi (0,2 foizi) suyuq yoqilg‘ida va 4 tasi elektr energiyasida isitiladi.

Qayd etilishicha, maktablarga joriy yil kuz-qish mavsumi uchun 202,9 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi (rejadagi ta’minot 100 foiz bajarilgan).

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun esa 58,1 ming tonna ko‘mir yoqilg‘i mahsulotlari jamg‘arilishi belgilangan va ayni vaqtda bu boradagi ishlar ham to‘liq tugallangan.

Dilfuza Sobirovaga ko‘ra, Prezidentning 2023 yil 16 fevraldagi 57-son qarori bilan bu yil 4 491 ta maktab va bog‘chalarning lokal isitish tizimlari ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazilishi kerak edi. Hozirga qadar mahalliy hokimliklar tomonidan 926 ta maktab va 1 161 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarining isitish tizimlari gazdan ko‘mir yoqilg‘isiga o‘tkazilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring