Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxiralarini 34 tonnaga oshirdi

O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxiralarini 34 tonnaga oshirdi

O‘tgan bir yilda O‘zbekiston Markaziy banki oltin zaxiralarini 34 tonnaga oshirdi. Bu haqda Jahon oltin kengashi ma’lumotlarida qayd etilmoqda.

Qayd etilishicha, mamlakat Markaziy banki 2022-yilni qimmatbaho metal sotuvchisi sifatida boshlagan bo‘lsa-da, xaridor sifatida yakunlagan.

Markaziy Osiyoda ham sog‘lom xarid darajasi kuzatilib, O‘zbekistondan so‘ng Qirg‘iziston va Tojikiston Markaziy banklari ham oltin zaxiralarini mos ravishda 6 va 4 tonnaga oshirgan.

Mintaqaviy nuqtai nazardan, Yaqin Sharq yil davomida oltinning faol xaridori bo‘ldi. Misr (47 tonna), Qatar (35 tonna), Iroq (34 tonna), Birlashgan Arab Amirliklari (25 tonna) va O‘mon (2 tonna) oltin zahiralarini sezilarli darajada oshirgan.

Umuman olganda, turli mamlakatlar Markaziy banklari to‘rtinchi chorakda 417 tonna, ikkinchi yarim yillikda esa 862 tonna oltin sotib olgan.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil noyabr oyida eng ko‘p oltin sotgan mamlakatlar orasida Qozog‘iston va O‘zbekiston Markaziy banklari (mos ravishda 4 va 2 tonna) qayd etilgan edi.

Shuningdek, o‘tgan yilning dekabr holatiga O‘zbekiston Markaziy banklar orasida oltinning dunyodagi ikkinchi eng yirik xaridoriga aylagani, xususan, mamlakat 65 foizlik zaxirasi bilan Venesueladan keyingi o‘rinni qayd etgani xabari berilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring