Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ODIN reytingida «yashil» mamlakatga aylandi

O‘zbekiston ODIN reytingida «yashil» mamlakatga aylandi

Korrupsiyaga qarshi kurashdagi eng muhim qadam – bu shaffoflik va ochiqlik.

O‘zbekistonda bu borada yaqqol o‘sish qayd etildi. Jumladan, Open Data Inventory (ODIN) reytingida O‘zbekiston 195 ta mamlakat orasida 70 ball bilan 30-o‘ringa ko‘tarilib, Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.

Vaholanki, 2016 yilda 173 ta mamlakat orasida 13 ball bilan 168-o‘rinda edi. 7 yil ichida 138 o‘ringa sakrab, reyting xaritasidagi «qizil» mamlakatdan «yashil» davlatga aylandi.

Mamlakatda so‘z erkinligi ham kuchaydi. Prezident ta’biri bilan aytganda, jurnalistlar faoliyati nafaqat «to‘rtinchi hokimiyat», balki mudofaa, xavfsizlik kabi hal qiluvchi sohaga aylanib bormoqda.

Avvallari davlat xizmatlari «sizga kerak bo‘lsa, bizni kelib toping» yoki «arizalarni to‘ldirishingiz kerak, ma’lumotnomalar olib kelishingiz kerak» qabilida ishlardi. Endi bunday sansalorliklar yo‘q. Bu kabi ortiqcha byurokratiya korrupsiya riskini oshirishi hech kimga sir emas.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring