Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston oltin zaxirasi fevralda 8,1 tonnaga ko‘paydi

O‘zbekiston oltin zaxirasi fevralda 8,1 tonnaga ko‘paydi

O‘zbekiston fevralda eng ko‘p oltin sotib olgan davlatlardan biri bo‘ldi.

Jahon Oltin Kengashiga ko‘ra, 2023-yilning fevral oyida jahon markaziy banklari 52 tonna oltin sotib olgan. Eng yirik xaridlarni Xitoy va Turkiya amalga oshirgan — mos ravishda 25 tonna va 22 tonna.

Asosiy xaridorlar qatoridan o‘rin olgan O‘zbekiston esa 8,1 tonna oltin sotib olgan. Shuningdek, Singapur (7 tonna) va Hindiston (3 tonna) markaziy banklari ham qimmatbaho metall xaridini amalga oshirgan.

Fevral oyida yagona sotuvchi Qozog‘iston bo‘ldi: uning oltin zaxirasi 13,1 tonnaga kamaydi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston ham yanvar oyida yagona sotuvchi bo‘lgan va xaridni amalga oshirmagan edi. Yil boshida O‘zbekiston xorijga 12 tonna qimmatbaho metall sotgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring