O‘zbekiston Qozog‘istonga 12 milliard kub suv yubordi

2024-yilning 1-oktyabridan joriy yilning 1-apreliga qadar Sirdaryo daryosidan Turkiston viloyatining «Shardar» suv omboriga 12,6 milliard kub metr suv kelib tushgan.
Bu dastlab taxmin qilinganidan 1,7 milliard kub metr ko‘proq. Shundan 1,8 milliard kub metr suv shimoliy Orol dengiziga yuborilgan.
Ta’kidlanishicha, suv sug‘orish davrida Qozog‘istonning janubiy viloyatlarini sug‘orish uchun ishlatiladi.
Eslatib o‘tamiz, ikki mamlakat kelishuviga ko‘ra, O‘zbekiston 2024-yilning 1-oktyabridan 2025-yilning 1-oktyabriga qadar 16 milliard kub suv yetkazib berishi ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter