O‘zbekiston TIV rahbari Moskvaga boradi. U Sergey Lavrov bilan uchrashadi
Joriy yil 21-22-may kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyada amaliy tashrif bilan bo‘ladi. U Sergey Lavrov bilan muzokaralar olib boradi.
Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Zaxarovaga ko‘ra, uchrashuvda strategik sheriklik va ittifoqchilikka asoslangan ikki tomonlama siyosiy hamkorlik hamda savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar xarakterdagi ko‘plab dolzarb masalalar muhokama etilishi kutilmoqda.
Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, vazirlar ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga, shuningdek, Markaziy Osiyo hududida barqarorlik va xavfsizlikni saqlashga qo‘shilayotgan muvofiqlashtirilgan hissani hisobga olgan holda mintaqaviy vaziyat yuzasidan fikr almashadilar.
Yevroosiyo makonidagi asosiy integratsiya jarayonlarini, shuningdek, qit’a davlatlari uchun umumiy ahamiyati bo‘lgan muammolarni ko‘rib chiqish ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter