Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tomoni «Hayraton – Naibobod – Mozori Sharif» temir yo‘l liniyasi qurilishini yakunladi

O‘zbekiston tomoni «Hayraton – Naibobod – Mozori Sharif» temir yo‘l liniyasi qurilishini yakunladi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati Afg‘onistonda Hayraton – Naibobod – Mozori Sharif temir yo‘l liniyasi qurilishini yakunladi.

Afg‘onistonda «Naybobod» temir yo‘l vokzali ochildi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati tomonidan Afg‘oniston temir yo‘l boshqarmasi bilan tuzilgan shartnoma asosida «Hayraton – Naibobod – Mozori Sharif» yo‘nalishi qayta tiklandi.

Marosim davomida stansiyaga birinchi yuk vagonlari yetib keldi. «O‘zbekiston temir yo‘llari» 2010 yil noyabr oyida Hayratondan Mozori Sharifgacha bo‘lgan liniya qurgan edi. Uning uzunligi 75 kilometr, loyiha qiymati esa 129 million dollar. «O‘zbekiston temir yo‘llari» sho‘ba korxonasi «So‘g‘diyona Trans» 2011 yil dekabr oyida ushbu yo‘nalishni Afg‘onistonda ishlatish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan.

Qayta tiklangan liniyaning ochilish marosimida O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev va «O‘zbekiston temir yo‘llari» DAK rahbarining birinchi o‘rinbosari Rahmetov Hikmatulla ishtirok etdi.

Afg‘oniston tomonidan bosh vazir o‘rinbosari Alhaj Mulla Abdul G‘ani Barodar, Balx viloyati gubernatori Muhammad Yusuf Vafo, jamoat ishlari vaziri Al-Haj Muhammad Iso, jamoat ishlari vazirining temir yo‘l ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Alhaj Baxtulrahmon Sharafat va boshqa rasmiy shaxslar ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, yaqin kelajakda temir yo‘l O‘zbekiston chegarasidagi Hayratonni Mozori Sharif aeroporti bilan bog‘laydi, shundan so‘ng Pokiston chegarasigacha Transafg‘on temir yo‘li qurilishi boshlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring