Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonga ID-karta bilan o‘tishga ruxsat beruvchi hujjatni tasdiqladi

O‘zbekiston tomoni Qirg‘izistonga ID-karta bilan o‘tishga ruxsat beruvchi hujjatni tasdiqladi

2023-yil 27-yanvar kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari ishtirokida 2006-yil 3-oktyabrda Toshkent shahrida imzolangan ikki davlat o‘rtasida fuqarolarning o‘zaro kelib-ketishlariga oid Bitimga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi Bayonnoma almashilgan edi.

Joriy yil 26-aprel kuni O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori bilan mazkur Bayonnoma tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, IIV hamda DXX Chegara qo‘shinlari ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar etib belgilandi.

Ikki davlat fuqarolarining chegarani ID-karta orqali kesib o‘tishiga ruxsat, endi Qirg‘iz tomonining ushbu Bayonnomani tasdiqlashidan so‘ng amalga oshadi.

Yuqoridagi hujjatda, jumladan, O‘zbekiston TIVga ushbu xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organlar to‘g‘risida Qirg‘iziston tomoniga tegishli bildirishnomani yuborish vazifasi qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu tartibning bugungi kungacha hali birorta davlat bilan yo‘lga qo‘yilmagani, Qirg‘iziston bu borada birinchisi ekani aytilgan edi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring