O‘zbekiston tomoni Vengriya bilan havo qatnoviga doir bitimni tasdiqladi
Joriy yil 19-mart kuni Prezident «Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston va Vengriya Hukumati o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Transport vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalari amalga oshirilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu Bitim 2023-yil 19-avgust kuni Budapesht shahrida imzolangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter