Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Bugun, 26-yanvar kuni Prezident Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi oldidan bo‘lib o‘tgan biznes forumda O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida taxminan 1,6 milliard dollarlik 50 dan ortiq hujjatlar to‘plami imzolandi.

Forum yakuni bo‘yicha imzolanan asosiy hujjatlar:

  1. Agrosanoat kompleksi sohasida hamkorlik bo‘yicha ikki mamlakat qishloq xo‘jaligi vazirlari tomonidan imzolangan Yo‘l xaritasi»;
  2. Jalolobod viloyatida to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
  3. Teri ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasida hamkorlik qilish, shuningdek, Norin viloyatida kartoshka yetishtirish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi sinfini tashkil etish to‘g‘risida kelishuv;
  4. Kartoshka yetishtirish bo‘yicha agrosinf va chorvachilik kompleksini yaratish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
  5. «Qirg‘iziston Respublikasida karbid va kalsiy ishlab chiqarish majmuasini qurish» investitsiya loyihasi doirasida qo‘shma hamkorlik to‘g‘risidagi bitim. Shartnoma summasi 20 million dollarni tashkil etadi;
  6. Qirg‘iziston Respublikasining makkajo‘xori donini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha kelishuv. Shartnoma summasi 100 million dollarni tashkil etadi;
  7. Qirg‘iziston Respublikasida elektr energiyasini hisobga olish va qurilmalarni yig‘ishni tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi;
  8. Bazalt toshini qayta ishlash zavodini ishlab chiqarish bo‘yicha memorandum;
  9. O‘zbekiston kompaniyalari mahsulotlarini Qirg‘iziston Respublikasida sotish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim;
  10. Qirg‘izistondan O‘zbekistonga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma.

Bundan tashqari umumiy qiymati 1,6 mlrd dollar bo‘lgan jami 50dan ortiq hujjat, jumladan:

  • 300,3 mln dollarlik investitsiya shartnomalari;
  • 1155,6 mln dollarlik eksport shartnomalari.
  • 223,0 mln. dollarlik import shartnomalari.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring