Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qozog‘iston mahkumlarni bir-biriga topshirishga kelishib oldi

O‘zbekiston va Qozog‘iston mahkumlarni bir-biriga topshirishga kelishib oldi

Prezident Toqayev joriy yil 15-fevral kuni Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, tomonlar mahkumlarni topshirish masalalarida maksimal darajada hamkorlik qilish majburiyatini oladilar.

Shuningdek, tomonlar bir-birlarining iltimosiga binoan jinoyat sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazoni o‘tayotgan va ikkinchi tomon fuqaroligiga ega bo‘lgan mahkumlarni jazoni o‘tash uchun o‘zining fuqaroligi bo‘lgan tomonga o‘tkazishi mumkin. 

Bunda mahkum yoki uning qonuniy vakili o‘z davlatiga o‘tkazilishiga ixtiyoriy rozilik bildirishi kerak bo‘ladi.

Mahkumlarni o‘tkazishda bir qator shartlar topilishi kerak, jumladan:

  • u ikki davlatdan birining fuqarosi bo‘lsa;
  • uning harakatlari har ikki davlatda jinoyat deb hisoblansa;
  • agar jazoni o‘tash muddati bir yildan kam bo‘lmasa;
  • jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararni qoplash;
  • jazo o‘tayotgan mahkumga nisbatan tergov, sud yoki boshqa sud jarayonlari davom etmayotgan bo‘lsa, mahkumlar almashiladi.

Jazo muddatini o‘tayotgan mahkumning harakatlari mamlakat suvereniteti va xavfsizligiga putur yetkazgan, milliy qonunchilikka zid shuningdek,  moliyaviy majburiyatlari bor bo‘lsa, yuqorida keltirilgan tartibda mahkumlar almashilmaydi.

Ma’lumot uchun, ikki davlat mahkumlarini O‘zbekiston-Qozog‘iston davlat chegarasidagi «G‘isht-Ko‘prik» – «Jibek yo‘li» nazorat-o‘tkazish punkti orqali amalga oshirishga kelishib olishgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring