Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda agrodronlar ishlab chiqariladi

O‘zbekistonda agrodronlar ishlab chiqariladi

“Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Bu borada Rossiyaning FlySeeAgro kompaniyasi bilan 5 yillik investitsiya dasturini amalga oshirish bo‘yicha memorandumni imzolangan.

EastFruit’ning yozishicha, loyihaning umumiy qiymati qariyb 80 million dollarni tashkil etadi, biroq ishlab chiqarish hajmi parametrlari hali e’lon qilinmagan. Memorandum doirasida tomonlar loyihaning yo‘l xaritasini ishlab chiqish, sarmoyalarni jalb qilish bo‘yicha bosh rejani yaratish, ishlab chiqarish masalalarida ko‘maklashish bo‘yicha ishchi komissiya tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan dronlarni ishlab chiqarish jarayonida rossiyalik mutaxassislar ishtiroki ko‘zda tutilgan. Loyiha doirasida O‘zbekistonda malakali kadrlar tayyorlash, zavod va dasturga jalb qilingan O‘zbekiston sanoat korxonalarini boshqarish tizimini yaratish ham nazarda tutilgan.

Rejaga ko‘ra, tayyor mahsulot tashqi bozorga ham eksport qilinadi. FlySeeAgro kompaniyasi O‘zbekistonni Yaqin Sharq bozorlariga chiqish uchun tramplin sifatida ko‘rmoqda.

FlySeeAgro kompaniyasi qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan dronlarni ishlab chiqarish, entomofaglar (yirtqich hasharotlar) yordamida o‘simliklarni biologik himoya qilish bilan shug‘ullanadi va o‘zini Rossiyada dronlarni inson faoliyatining turli sohalariga integratsiyalash sohasida yetakchi kompaniya sifatida ko‘rsatadi. Agrobiznesni rivojlantirish bo‘yicha 5 yillik tajribaga ega ekanini ta’kidlaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring