Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda banklarning ustav kapitali miqdori 500 mlrd so‘mgacha oshiriladi

O‘zbekistonda banklarning ustav kapitali miqdori 500 mlrd so‘mgacha oshiriladi

Senat yalpi majlisida «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Qonun loyihasi  bilan banklar ustav kapitali miqdorini 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab 2025-yilning 1-yanvarigacha bosqichma-bosqich yuz milliard so‘mdan besh yuz milliard so‘mgacha oshirib borish to‘g‘risidagi talablarni nazarda tutuvchi o‘zgartishlar kiritilmoqda.

Yalpi majlisda mazkur me’yorning kiritilishi banklarni kapitallashtirish darajasi hamda resurs bazasini oshirish, sohaga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qo‘shimcha huquqiy shart-sharoitlar yaratish, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga qo‘shimcha kredit berish imkoniyatini oshirishi ta’kidlandi.

Shuningdek, Qonunga ko‘ra norezidentlar tomonidan banklarning aksiyalarini olishga nisbatan cheklovlar qisman bekor qilinmoqda. Xalqaro bozorlarda ommaviy joylashtirilgan aksiyalarni sotib olish soddalashtirilyapti.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, bugungi kunda ustav kapitali 100 mlrd bo‘lgan banklar O‘zbekiston hududida faoliyatlarini yo‘lga qo‘yishi mumkin.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring