Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda «Dok-1 Maks» siropi sabab vafot etgan bolalar soni aslida 65 nafar bo‘lgani aytildi

O‘zbekistonda «Dok-1 Maks» siropi sabab vafot etgan bolalar soni aslida 65 nafar bo‘lgani aytildi

«Dok-1 Maks» siropi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha sud tergovi joriy yilning 11 avgust kuni boshlanadi.

Oliy sud axborot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahar sudining ish yurituviga S. R. P. (erkak, 1972 yilda Hindiston Respublikasida tug‘ilgan, «Quramax Medikal» MChJ direktori), S. K. (erkak, 1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, bir vaqtda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori va uning huzuridagi «Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi» DUK direktori lavozimlarida ishlagan) va boshqalarga (mazkur firma va DUKga daxldor jami 21 kishi) oid jinoyat ishi kelib tushgan bo‘lib, uni ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.

Ayblanuvchilarning 16 nafari erkak va 5 nafari ayol bo‘lib, ularning 7 tasiga «qamoqqa olish», 12 tasiga «munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g‘risida tilxat» va 2 tasiga «garov» tarzidagi ehtiyot choralari qo‘llanilgan.

Ular Jinoyat kodeksining 184, 28,186-3, 186-3, 25,205, 205, 207, 28,209, 209, 210, 211, 212, 228-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Tasdiqlangan ayblov xulosasiga ko‘ra sodir etilgan jinoyatlar oqibatida 65 nafar yosh bola vafot etgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring