Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda harbiylar uchun yana bir ko‘krak nishoni ta’sis etilishi mumkin

O‘zbekistonda harbiylar uchun yana bir ko‘krak nishoni ta’sis etilishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo safari chog‘ida Vatan himoyasi va el-yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila a’zolari bilan ham uchrashdi. 

Davlat rahbari uchrashuvda joriy yil 13-mart kuni imzolangan «Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonning mazmun-mohiyati haqida ham to‘xtaldi.  

Shuningdek, vatanparvarlik ruhida tarbiya topgan, Vatan himoyasi yo‘lida bel bog‘lab turgan insonlarni voyaga yetkazgan ota-onalari hamda ularning farzandlari doimo yurt ardog‘ida bo‘lishi zarurligini ta’kidlab, «El-yurt fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etish taklifini bildirdi.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bu nishon guvohnomasi Oliy Bosh qo‘mondon tomonidan imzolanadi. Ushbu e’tirof egalari barcha imtiyozlarga ega bo‘ladi.

– Harbiy-jangovar salohiyat va yuksak ma’naviy salohiyat O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining ikki buyuk tayanchiga aylanishi zarur, – deydi Prezident.

Ma’lumot uchun, 2018-yilning 30-mayida ham o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar uchun «Jangovar hamdo‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun» ko‘krak nishoni, 2022-yilning 19-noyabrida esa harbiy ayollar uchun «To‘maris» ko‘krak nishoni ta’sis etilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring