Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk bor texnologik ilg‘or chiqindi poligoni quriladi

O‘zbekistonda ilk bor texnologik ilg‘or chiqindi poligoni quriladi

O‘zbekistonda qiymati 16 million dollarni tashkil etadigan birinchi texnologik ilg‘or chiqindi poligoni qurilmoqda. Bu haqda Ekologiya vazirligi ma’lum qildi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyati aholisining maishiy chiqindilari uchun mo‘ljallangan Ohangarondagi chiqindi poligonini qurish qiymati 16 million AQSh dollarini tashkil etadi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 dekabrdagi “Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan ishlash sohasidagi faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Osiyo Taraqqiyot banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.Loyihaning umumiy maydoni 30 gektar, poligonning o‘zi esa 25 gektarni tashkil etadi.

Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish bo‘yicha «Maxsustrans» filiali rahbari Rafael Bekmullinning so‘zlariga ko‘ra, poligon mutlaqo yangi texnologiya asosida ishlaydi.

Poligon 15-20 yilga mo‘ljallangan bo‘lib, 20 million tonnaga yaqin chiqindini sig‘dira oladi. Uning qurilishi joriy yilning noyabr oyigacha yakunlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring