O‘zbekistonda «inomarka» va elektromobillarga qiziqish ortgan
Joriy yil fevral oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda barcha transtport vositalarining umumiy savdosi 115 mingdan oshgan va avtomobil bozori yil davomida 6,3 foizga kamaygan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, hisobot oyida yengil avtomobillar sotuvi 109,7 mingtani tashkil qilgan va yil davomida 5,6 foizga kamaygani qayd etilgan.
Bunda birlamchi yengil avtomobillar bozoridagi vaziyat yomonlashgan va 26 mingdan sal ko‘proqni tashkil etgan. Biroq bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 8,4 foizga o‘sgan.
Shu bilan birga, oy davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 23,5 mingta yengil avtomobillar sotilib, bu borada o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan 7,7 foiz ko‘payishga erishilgan.
Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobil bozori esa yil davomida 15,6 foizga o‘sdi. Fevral oyi oxiriga kelib, xorijda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar savdosi 2,7 mingtani tashkil etdi.
Shuningdek, yil boshida boshlangan elektromobillarga qiziqish biroz pasayganiga qaramay, yil davomida yangi elektromobillar savdosi 3 barobar oshdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter