Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 milliondan oshdi

O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 milliondan oshdi

O‘zbekistonda internet xizmatidan foydalanuvchilari soni 31 mln. dan ortdi. Shundan mobil internet foydalanuvchilari soni 29,5 mln. ni tashkil etadi. Bu haqda 14-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida bo‘lib o‘tgan navbatdagi «Hukumat soati»da ma’lum qilindi.

Kun tartibidagi masala yuzasidan deputatlarning savollariga javob bergan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Shermatov xalqaro va shaharlararo telekommunikatsiya tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida Xalqaro Internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 2,6 barobar oshirilib, 3 200 Gbit/s.ga yetkazilganini qayd etdi. Magistral telekommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyatlararo darajada 600 Gbit/s.ga, tumanlararo darajada esa 60 Gbit/s.ga yetkazilgan.

Bu bilan respublikada internet tezligini oshirishga, operator va provayderlarga Internet xizmatlari uchun tarifning 2021-yil boshiga nisbatan 25 foizga arzonlashtirishga erishilgan. Shuningdek, 2021-2022-yillarda qo‘shimcha 102 ming km. optik-tolali aloqa liniyalarini qurish orqali ularning umumiy uzunligi 170 ming kilometrga yetkazilgan

«2020-yil yakunida 2,7 mln.ta nuqtada keng polosali Internetga ulanish imkoniyati mavjud bo‘lgan bo‘lsa, so‘nggi ikki yilda qo‘shimcha 1,7 mln. keng polosali portlar o‘rnatilishi natijasida jami 4,4 mln.ta uy xo‘jaliklari, tadbirkorlik subyektlari va ijtimoiy soha obyektlarining keng polosali Internetga ulanish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, so‘nggi ikki yilda 22 300 ta qo‘shimcha tayanch stansiyalari o‘rnatilib ularning umumiy soni 54,0 mingtaga yetkazildi», – deydi AKT vaziri.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring