Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda pedagog-o‘qituvchilar soni nechta ekani aytildi

O‘zbekistonda pedagog-o‘qituvchilar soni nechta ekani aytildi

Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan pedagog-o‘qituvchilar soni haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikadagi ta’lim tashkilotlarida  jami 685,4 ming nafar pedagoglar faoliyat yuritmoqda.

Jami pedagoglarning ta’lim turlari bo‘yicha soni:

  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida – 116,0 ming nafar
  • Umumta’lim muassasalarida – 510,0 ming nafar
  • Akademik litseylarda – 3,3 ming nafar
  • Kasb-hunar maktablarida – 9,9 ming nafar
  • Kollejlarda – 3,9 ming nafar
  • Texnikumlarda – 4,9 ming nafar
  • Oliy ta’lim tashkilotlarida – 37,4 ming nafar.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring