Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda serfarzand oilalar ulushi qancha ekani aytildi

O‘zbekistonda serfarzand oilalar ulushi qancha ekani aytildi

2023-yilning yanvar-noyabr holatiga O‘zbekistonda 16 yoshgacha bolalari mavjud bo‘lgan uy xo‘jaliklari 73,9 foizni tashkil etgan.

Shundan:

  • bir bolali uy xo‘jaliklar – 21,6 foiz;
  • ikki bolali uy xo‘jaliklar – 26,8 foiz;
  • uch bolali uy xo‘jaliklar – 17,8 foiz;
  • to‘rt va undan ko‘p bolali uy xo‘jaliklar – 7,7 foiz.

26,1 foiz uy xo‘jaliklarida esa, Statistika agentligining uy xo‘jaliklari tanlama kuzatuvlari natijasiga ko‘ra, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 39,5 foiz uy xo‘jaliklarida 6 va undan ko‘p kishilar istiqomat qilmoqda (2023-yilning yanvar-may holatiga).

Jumladan, bir kishilik (2,7 foiz), ikki kishilik (6,9 foiz), uch kishilik (10,5 foiz), to‘rt kishilik (18,1 foiz) va besh kishilik (22,3 foiz) oilalar mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring