Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga 6 oyda 57 ming nafar xorijlik davolanish maqsadida kelgan

O‘zbekistonga 6 oyda 57 ming nafar xorijlik davolanish maqsadida kelgan

2024-yilning yanvar-iyun oylarida jami 56,9 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 24,6 ming nafarga yoki 76,4 foizga oshgan.

Hisobot davrida O‘zbekistonga davolanish maqsadida kelgan chet el fuqarolarining mamlakatlar kesimida – Tojikiston (43 287 nafar), Qozog‘iston (6 615 nafar), Qirg‘iz Respublikasi (5 485 nafar), Rossiya (925 nafar) va Turkmaniston (462 nafar) davlatlari dastlabki beshtalikdan joy olgan.

Shuningdek, Turkiya (23 nafar), Afg‘oniston (16 nafar), Ozarbayjon (9 nafar) va boshqa davlatlar (52 nafar)dan ham davolanish maqsadida tashrif buyurishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda jami 61,3 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring