Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga 800 ming doza Pfizer vaksinasi keltirildi

O‘zbekistonga 800 ming doza Pfizer vaksinasi keltirildi

27-mart, dushanba kuni COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga Ispaniya tomonidan taqdim qilingan 800 640 doza Pfizer (TRIS, RTU original) vaksinasi keltirildi.

Shu bilan mart oyida O‘zbekistonga olib kelingan koronavirusga qarshi vaksinalar miqdori 2 960 640 dozaga yetgan.

Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi bo‘lim boshlig‘i Dilorom Tursunovaga ko‘ra, ushbu Pfizer vaksinasining avvalgi versiyalaridan farqi ular virusning eng so‘nggi shtammlariga ta’sir qilish imkoniyati yuqori.

Hozirga qadar O‘zbekistonga taqdim qilingan vaksinalarning mamlakatlar kesimidagi taqsimoti quyidagicha:

  • Shvetsiyadan - 722 880 doza;
  • Italiyadan - 702 720 doza;
  • Ispaniyadan - 800 640 doza;
  • Chexiyadan - 446 400 doza;
  • Xorvatiyadan - 288 000 doza.

Ma’lumot uchun, joriy yil 31-mart kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlari boshlanganiga 2 yil to‘ladi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring