O‘zbekistonga bir oyda 678,7 ming xorijlik turistik maqsadlarda kelgan

2025-yilning yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 foizga oshgan.
Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan chet el fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha:
- qarindoshlarni yo‘qlash – 461 277 nafar
- xizmat yuzasidan – 88 336 nafar
- sayyohlik – 75 392 nafar
- tijorat – 41 196 nafar
- davolanish – 8 966 nafar
- o‘qish – 3 508 nafarni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter