O‘zbekiston–Italiya: Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi

Samarqandda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorja Meloni ikki mamlakat o‘rtasidagi Strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani qabul qildilar.
Tashrif doirasida quyidagi muhim sohalarda hamkorlikni nazarda tutuvchi ikki tomonlama hujjatlar imzolandi:
– investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish;
– strategik xomashyo sohasida hamkorlik;
– migratsiya va harakatlanish erkinligi;
– barqaror rivojlanish, atrof-muhitni muhofaza qilish va madaniy merosni saqlash;
– «yashil» rivojlanish sohasida «Sogesid» va «Ansaldo» kompaniyalari bilan hamkorlik;
– Iqlim jamg‘armasi va Italiya qishloq xo‘jaligi konfederatsiyasi bilan hamkorlik;
– Tushia, Piza va Turin universitetlari bilan sheriklik to‘g‘risida kelishuvlar.
Shuningdek, tashrif doirasida Italiya Milliy tadqiqotlar markazi, «SIMEST», «Danieli» kompaniyalari va Peruja universiteti hamda boshqa qator tashkilotlar bilan ham hamkorlik hujjatlari imzolandi.
Bu kelishuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter